Shikoyat va apellyatsiya
Tahririy qarorga apellyatsiya
Muallif qo‘lyozma rad etilgan qaror bilan rozi bo‘lmasa, apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya info@edutechin.uz manziliga yoziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
- qo‘lyozmaning nomi va topshirilgan sanasi;
- taqrizchining qaysi fikri bilan rozi emasligi va nima uchun — dalillar bilan;
- zarur bo‘lsa qo‘shimcha ma’lumot yoki tushuntirish.
Apellyatsiyani bosh muharrir ko‘rib chiqadi. Zarur hollarda mustaqil taqrizchi jalb qilinadi. Apellyatsiya bo‘yicha qaror yakuniy hisoblanadi.
Shikoyat
Tahririyat quyidagi mavzulardagi shikoyatlarni qabul qiladi:
- tahririy jarayonning kechikishi yoki muomala;
- nashr etikasi buzilishi (plagiat, mualliflik nizosi, ma’lumot soxtalashtirilishi);
- nashr etilgan maqoladagi jiddiy xatolik;
- manfaatlar to‘qnashuvi oshkor qilinmagani.
Ko‘rib chiqish tartibi
- Murojaat qayd etiladi va uni olganlik tasdiqlanadi.
- Mas’ul kotib dastlabki ma’lumotlarni yig‘adi.
- Zarur bo‘lsa aloqador taraflardan izoh so‘raladi.
- Bosh muharrir qaror qabul qiladi va murojaat qiluvchi xabardor etiladi.
Shikoyat tahririyat a’zosiga tegishli bo‘lsa, u ko‘rib chiqishda ishtirok etmaydi. Agar shikoyat tahririyat darajasida hal etilmasa, muassislarga murojaat qilish mumkin.