Nashr to‘lovi — EduTech Insight

Nashr to‘lovi

Jurnalda nashr etish bepul

EduTech Insight jurnalida maqola nashr etish uchun mualliflardan hech qanday to‘lov olinmaydi. Jumladan:

  • qo‘lyozmani topshirish uchun to‘lov yo‘q;
  • taqriz uchun to‘lov yo‘q;
  • nashr etish uchun to‘lov (APC) yo‘q;
  • maqolani ochiq kirishga chiqarish uchun qo‘shimcha to‘lov yo‘q;
  • DOI berish uchun to‘lov yo‘q.

O‘quvchilar uchun

Jurnalning barcha sonlari va maqolalari to‘liq matnda bepul o‘qiladi va yuklab olinadi. Obuna yoki ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.

Moliyalashtirish

Tahririyat faoliyati muassislar — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda “Innovative Academy RSC” MChJ — hisobidan moliyalashtiriladi. Jurnal moliyalashtirish manbalari uning tahririy qarorlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Agar kelajakda nashr shartlari o‘zgarsa, bu haqda ushbu sahifada oldindan e’lon qilinadi va o‘zgarish faqat yangi topshirilgan qo‘lyozmalarga nisbatan qo‘llaniladi.