Jurnal haqida
EduTech Insight — pedagogika va texnika fanlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy elektron jurnal. Jurnal Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda “Innovative Academy RSC” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2026-yil 12-avgustdagi Ta’sis shartnomasi asosida hamkorlikda ta’sis etilgan.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan: guvohnoma № 1812021, 27.08.2026 (amal qilish muddati — muddatsiz).
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomlari: o‘zbek tilida — “Ilmiy qarashlar: Ta’lim va Texnika” ilmiy-uslubiy elektron jurnali; rus tilida — научно-методический электронный журнал «EduTech: Современный взгляд»; ingliz tilida — Scientific methodical electronic journal “EduTech Insight”.
Jurnal nima uchun tashkil etilgan
Maqsad — fan va ishlab chiqarishni bir-biriga bog‘lagan holda olib borish; pedagogika va texnika fanlaridagi innovatsion g‘oyalarni, ilmiy-amaliy ishlarni va ishlab chiqarishdagi yutuqlarni, shuningdek tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ilg‘or tajribalarini targ‘ib qilish va ommalashtirish.
Asosiy ma’lumotlar
- Bo‘limlar: Pedagogika; Texnika fanlari
- Davriyligi: oyiga bir marta, yiliga 12 son
- Shakli: faqat elektron, internet orqali tarqatiladi
- Tillari: o‘zbek, rus, ingliz
- Kirish: to‘liq ochiq kirish, CC BY 4.0 litsenziyasi
- Nashr to‘lovi: olinmaydi
- Taqriz: bir tomonlama yopiq (single-blind)
Muassislarning vazifalari
Ta’sis shartnomasiga muvofiq Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti maqolalarni taqrizdan o‘tkazishni, tahrir hay’atining doimiy a’zolarini belgilashni va ilmiy maqolalar salohiyatini oshirishda ishtirok etishni o‘z zimmasiga oladi. “Innovative Academy RSC” MChJ jurnal sonlarini nashrga tayyorlash, texnik tartibga solish, elektron nashr etish va tarqatishni ta’minlaydi.
Batafsil
Maqsad va yo‘nalishlar · Tahrir hay’ati · Mualliflar uchun qo‘llanma · Taqriz jarayoni · Nashr etikasi